AQSHda samolyot halokatga uchradi
Illyustrativ foto
AQSH Harbiy-havo kuchlariga tegishli “OA-1K Skyraider II” harbiy samolyoti Oklahoma shtatida halokatga uchradi. Bu haqda Oklahoma Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bortda ikki ekipaj aʼzosi — AQSH Harbiy-havo kuchlari xizmatchisi va fuqarolik pudratchisi boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot oʻquv parvozini amalga oshirayotgan edi.
Ekipajning ahvoli va hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda. Favqulodda vaziyatlar xizmati halokat joyida ishlamoqda.
Shu yilning 7-oktyabr kuni Kaliforniyada tibbiy vertolyot halokatga uchragan edi. Oʻshanda samolyot AQSHning Sakramento shahridagi avtomagistralga qulab tushgandi. Fojia oqibatida uch kishi jiddiy jarohat olgandi.
Joriy yilning 22-may kuni San-Diyego ustida “Cessna 55” samolyoti halokatga uchradi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halokat natijasida 15 ta uy zarar koʻrgan. Bundan tashqari, samolyot halokatga uchraganidan keyin bir nechta mashina yonib ketgan, ammo yongʻinlar tezda oʻchirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring