AQSH va Xitoyning iqtisodiy oʻsishi yuqori baholanmoqda
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) jahon iqtisodiyoti joriy yil 3,1 foizga, 2025-yilda esa 3,2 foizga oʻsishini bashorat qilmoqda. Bunga sabab tashkilot AQSH va Xitoy iqtisodiy koʻrsatkichlarini kutilganidan koʻra yuqori baholamoqda. Bunday bashorat IHTTning soʻnggi haftada berilgan hisobotida maʼlum qilindi.
— Oʻsish moʻtadilligicha qolayotgan boʻlsada, global vaziyatda bir qancha yaxshi signallar bor. Uy-joy va kredit bozorlarida oʻsish bor, biroq global faollik nisbatan barqaror holatni koʻrsatmoqda. Inflyatsiya dastlab bashorat qilinganidan tezroq pasaymoqda, — deyiladi tashkilot bayonotida.
IHTTning taʼkidlashicha, koʻrsatkichlar Yevropa va qator past daromadli mamlakatlarda sekinroq, AQSH va koʻplab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida kuchli oʻsish sodir boʻlishi kutilmoqda. Yirik iqtisodiy davlatlar orasida AQSH bu yil 2,6 foizga, 2025-yilda esa 1,8 foizga oʻsadi. Dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiy davlati boʻlgan Xitoy 2024-yilda 4,9 foizga, kelgusi yilda esa 4,5 foizga oʻsishi prognoz qilingan. Yevropa davlatlari esa bu yil 0,7 foizga, 2025-yilda esa 1,5 foizlik natijani qayd etishi mumkin. Birlashgan Qirollikning prognozi pasaytirilib, bu yil oʻsish 0,4 foiz, 2025-yilda 1 foizga, shunga mos ravishda pasayish 0,3 va 0,2 foizga tushishi mumkin.
Shuningdek, xalqaro tashkilot Yaqin Sharqdagi keskinlik global oʻsishga har qanday holatda ham soya solishi, energiya va moliyaviy bozorlar rivojiga toʻsqinlik qilishi mumkinligidan xavotirlarini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring