AQSH razvedkasi: “Eron Hormuz boʻgʻozini minalashtirishga tayyorgarlik koʻrdi”
Illyustrativ foto
AQSH razvedkasi maʼlumotiga koʻra, Eron harbiylari iyun oyida Fors koʻrfazidagi kemalarga dengiz minalarini yuklagan. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar qildi.
Bu harakat Hormuz boʻgʻozining yopilishi haqdagi xavotirlarni kuchaytirgan. Eron yillar davomida boʻgʻozni yopish bilan tahdid qilib kelgan, ammo u hech qachon buni amalga oshirmagan. Bu harakat global savdoga keskin taʼsir koʻrsatadi.
Taʼkidlash joiz, dunyo neft va gazining beshdan bir qismi shu boʻgʻoz orqali oʻtadi. Eronning uni yopish toʻgʻrisidagi bayonotlarining oʻzigina bozorda narxlar oʻzgarishiga olib keladi. Biroq, AQSH yadroviy inshootlarga zarba berganidan beri jahon bozoridagi neft narxi 10 foizdan ortiqqa arzonlashgan.
Eslatib oʻtamiz, Qoʻshma Shtatlar 22-iyun kuni Tehron yadro dasturini yoʻq qilish uchun mamlakatning 3 ta asosiy yadroviy obyektini bombardimon qilgandi. Shundan koʻp oʻtmay, Eron parlamenti boʻgʻozning toʻsib qoʻyilishi haqida xabar qilgan. Bu toʻgʻridagi yakuniy qaror Eron oliy milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Maʼlumotlarga koʻra, minalar hali boʻgʻozga joylashtirib chiqilmagan. AQSH manbalari ham Eron kemalariga yuklangan minalarni qanday aniqlaganini oshkor qilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring