AQSH Pokiston va Afgʻonistondagi bolalarga moʻljallangan yuzlab tonna pechenyelarni yoqib yuboradi
Arxiv foto
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Pokiston va Afgʻonistondagi bolalar uchun moʻljallangan 500 tonnaga yaqin yuqori kaloriyali pechenyeni yoqishni buyurdi. Bu haqda “Atlantic” oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden davrida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Dubaydagi omborxonada hozirgacha saqlanayotgan ushbu pechenyelarga qariyb 800 ming dollar sarflagan. Tramp maʼmuriyati boshqa mamlakatlarga yordam berishni toʻxtatganidan soʻng, USAID xodimlari shirinliklarni yetkazib berishga ruxsat soʻragan, ammo hech qanday javob olmagan. Ayni paytda mahsulotlarning yaroqlilik muddati tugamoqda.
“Vashingtonda ularni oziq-ovqatni muhtoj odamlarga yuborish oʻrniga yoqishni buyurdilar. Shirinliklar Afgʻoniston va Pokistondagi bolalar uchun moʻljallangan edi”, deyiladi maqolada.
“Atlantik” maʼlumotlariga koʻra, bu pechenyelar bir hafta davomida taxminan 1,5 million bolaga ovqat boʻlardi. Ularni yoʻq qilish uchun esa amerikalik soliq toʻlovchilarning hisobidan 130 000 dollar sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring