AQSH moliya vaziri Ukrainadagi mojaroni 90 kunda toʻxtatish shartini aytdi
AQSH moliya vaziri Skott Bessentning fikricha, agar Yevropa Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga nisbatan ikkilamchi boj joriy etsa, Ukrainadagi mojaro 2–3 oy ichida yakunlanishi mumkin. Bu haqda u Reuters va Bloomberg agentliklariga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Kafolatlaymanki, agar Yevropa Rossiya neftini sotib oluvchilarga jiddiy ikkilamchi boj solsa, mojaro 60 yoki 90 kun ichida toʻxtaydi”, — dedi Bessent.
Uning taʼkidlashicha, AQSH Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda “Rosneft” va “Lukoyl” kabi kompaniyalarga nisbatan yanada qattiqroq sanksiyalarni koʻrib chiqish niyatda.
Shanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp ham NATOga aʼzo barcha davlatlar birgalikda harakat qilsa va Rossiya neftini xarid qilishni toʻxtatsa, Moskvaga qarshi jiddiy sanksiyalar joriy qilishga tayyorligini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Yevropa davlatlarining hozirgi sanksiyalari samarasiz, chunki ular Rossiya energiya manbalarini sotib olishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Vengriya va Slovakiya Bryusselning Rossiyadan neft va gaz olish imkoniyatini cheklash harakatlariga yoʻl qoʻymasligini bildirdi. Unga koʻra, bu ikki davlat energiya taʼminotisiz qolishi mumkin.
Moskva esa Gʻarb tomonidan qoʻyilayotgan bosimni befoyda deb hisoblamoqda. Rossiya rahbariyatining taʼkidlashicha, sanksiyalar bir necha yildan beri kuchayib boryapti, ammo mamlakat ularga bardosh beryapti. Prezident Vladimir Putin Gʻarbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini ogʻirlashtirish ekanini qayd etgan va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga kuchli zarba berganini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring