AQSh Markaziy razvedkasiga ayol kishi rahbarlik qiladigan bo‘ldi

18:05 18 May 2018 Dunyo
1279 0
Foto: gazeta.ru

AQSh kongressi Senati Jina Xaspel nomzodini Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) rahbarligiga tasdiqladi. 

“Euronews” xabariga ko‘ra, 100 nafar senatordan 54 nafari Jina Xaspel nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. 45 nafari unga qarshi ovoz bergan. 
Senator Jon Makkeyn sog‘ligidagi muammolar tufayli ovoz berishda qatnasha olmagan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Jina Xaspel AQSh davlat kotibi etib tayinlangan Mayk Pompeo o‘rnini egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер