AQSH bilan savdo-iqtisodiy sheriklik bo‘yicha qator bitimlar imzolandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbati yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH savdo vaziri Xovard Latnik ishtirokida ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘ldi.
Xususan, quyidagi hujjatlar imzolangan:
– Geologiya vazirligi va “Denali Exploration group” kompaniyasi o‘rtasida nodir yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “Re Element Technologies” kompaniyasi o‘rtasida nodir metallar sohasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Flowserve” kompaniyasi o‘rtasida nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Valmont Industries Inc” kompaniyasi o‘rtasida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida bitim;
– Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Palo Alto Networks” kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bitim;
– “Uzairways” va “Boeing” kompaniyalari o‘rtasida samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
– “Datacrop” va “Luis Dreyfus Company” kompaniyalari o‘rtasida soya dukkaklari va shrot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
– “O‘zsanoateksport” va “Cargill” kompaniyasi o‘rtasida paxta yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring