Aprel oyida koʻchmas mulk bozorida qanday oʻzgarishlar yuz berdi?
Illyustrativ foto
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekiston koʻchmas mulk bozorida yuz bergan oʻzgarishlar tahlilini taqdim etdi.
Unga koʻra, bozoridagi faollik ketma-ket ikki oylik pasayishdan soʻng, aprel oyida barqaror tiklanishni koʻrsatdi. Oy davomida bitimlar hajmi 20 foizga oshgan va 24 mingtani tashkil etgan.
Ushbu oyda koʻchmas mulk bozoridagi hududiy dinamika barqaror oʻsishni koʻrsatib, respublikaning hech qaysi hududida bitimlar hajmida pasayish kuzatilmagan.
Taʼkidlash joiz, faollikning eng sezilarli oʻsishi Namangan, (39%), Samarqand (29%) va Buxoro viloyatlarida (27%) qayd etildi.
Shuningdek, ikkilamchi bozorda uy-joylarning oʻrtacha narx oʻtgan oyga nisbatan 1,3 foizga oshdi. Toshkent shahrida esa ikkilamchi bozor uy-joylarning oʻrtacha narxi deyarli oʻzgarmagan. Bunda 0,3 foiz pasayish kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring