Angrenda zoʻravonlikka uchragan 15 yoshli qiz ishi sudda koʻrila boshlandi
Foto: Bolalar ombudsmani
Toshkent viloyatining Angren shahrida voyaga yetmagan 15 yoshli qizni zoʻrlashda ayblanayotgan 4 nafar yigitga oid sud jarayoni boshlanmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Bildirilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Angren shahar sudida voyaga yetmagan jabrlanuvchi S. Y. (2010-yilda tugʻilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118, 119, 28,118 va 28,119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan 18 yashar S.Q., 20 yoshli Z.U. va D.Oʻ. hamda 21 yoshli A.U.ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqilishi boshlangan.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur ish Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
“Qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi”, deb yozdi Oliy sud matbuot kotibi.
Maʼlumot uchun, mazkur voqea joriy yilning iyul oyida Toshkent viloyatining Angren shahrida roʻy berdi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova 24-iyul kuni Angrenga borib, jabrlangan qiz bilan bogʻliq vaziyatni oʻrgangandi. Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan, qiz, Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga koʻchirildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 18-noyabr kuni Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova shifoxonaga borib, jabrlanuvchi qizning holati bilan shaxsan tanishdi.
Uning maʼlum qilinishicha, qizning umumiy ahvoli barqarorlashgan, tana vazni oshgan va bosqichma-bosqich ruhiy inqiroz holatidan chiqib boryapti. Psixologlar tomonidan muntazam olib borilayotgan muolajalar ham foyda beryapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring