Angliya klubi favorit, “Real Madrid“ 7-oʻrinda

Kuni kecha UEFA chempionlar ligasi musobaqasining 1-tur oʻyinlari yakunlandi. “Opta” superkompyuteri birinchi tur oʻyinlari yakuniga koʻra, musobaqada gʻolib boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan 10 ta jamoa nomini eʼlon qildi.
Unga koʻra, birinchi turda “Atletiko Madrid“ni 3:2 hisobi bilan magʻlub etgan Angliyaning “Liverpul“ klubining chempion boʻlish ehtimoli 19,99 foizga teng va bu eng yuqori koʻrsatkich.
Yana bir ingliz klubi “Arsenal“ning chempion boʻlish ehtimoli 16,64 foizni tashkil etgan. Kuchli uchlikni amaldagi chempion PSJ klubi yakunlab bergan. Fransiya klubining chempion boʻlish ehtimoli 12,17 foizga baholangan.
UEFA chempionlar ligasi gʻolibligiga asosiy nomzodlar TOP-10 taligi bilan tanishing:
- “Liverpul“ – 19,99 foiz;
- “Arsenal“ – 16,64 foiz;
- PSJ – 12,17 foiz;
- “Barselona“ – 9,85 foiz;
- “Manchester Siti“ – 9,22 foiz;
- “Bavariya“ – 6,48 foiz;
- “Real“ – 6,00 foiz;
- “Chelsi“ – 5,13 foiz;
- “Inter“ – 2,78 foiz;
- “Nyukasl“ – 1,84 foiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring