Andijondagi mahallalardan biri karantinga olindi(Фото)

09:25 17 Aprel 2020 Jamiyat
1754 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Andijon shahar hokimligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Shoʻrbuloq MFYga qarashli A. Isroilov koʻchasi karantinga olindi. Boisi, ushbu koʻchada istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaroda koronavirus kasalligi aniqlangan.
 

Ayni paytda mahallaga kirish-chiqish harakatlari cheklab qoʻyildi. Har bir xonadonni dezinfeksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida koʻchma savdo doʻkoni tashkil etilib, unda kunlik oziq-ovqat ehtiyoji uchun zarur boʻlgan mahsulotlar savdosi tashkil etildi.
 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер