Andijonda “Nexia” yonib ketdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon viloyati Paxtaobod tumanida harakatlanib ketayotgan “Nexia-1” rusumli avtomashinada yongʻin yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea kecha, 20-noyabr kuni soat 20:15 larda Paxtaobod tumani “Shomat” MFY Sersuv koʻchasida sodir boʻlgan. 1994-yilda tugʻilgan haydovchi E.I. “Nexia-1” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, avtoulovning elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi oqibatida yongʻin kelib chiqqan.
Ushbu yongʻin Paxtaobod tumani FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolar yoʻq, transport vositasining dvigatel va old shinalari yonib ketgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida YTHga uchragan BYD rusumli elektromobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring