Andijonda “Lacetti” va tez yordam mashinasi toʻqnashib ketdi
Foto: Andijon YHXB
Andijon shahrida “Nexia-3”, “Lacetti” va “Hyundai” rusumli tez yordam mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 15-yanvar kuni soat 13:30 larda Andijon shahar Yu. Otabekova koʻchasida yuz bergan. T.M. ismli 26 yoshli haydovchi “Nexia-3” rusumli avtomashinasida tartibga solingan “Shaytepa” chorrahasiga kelib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Lacetti”ni oʻtkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborgan.
Oqibatda toʻqnashuv yuz berib, “Lacetti” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotgan va belgilangan joydan ortga qayrilib olayotgan “Hyundai” rusumli tez yordam maxsus avtomashinasiga borib urilgan. Bildirilishicha, YTH tufayli hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomashinalar texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring