Andijonda yoʻlni kesib oʻtayotgan ikki piyodani mashina urib ketdi

19:12 12 Oktyabr 2025 Jamiyat
277 0

Videodan kadr

Andijon viloyati Andijon tumanida piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan ikki piyodani “Nexia-3” urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea bugun, 12-oktyabr kuni soat 14:30 larda Andijon tumani “Qurama” MFY hududidan oʻtgan A-373 Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 343 kilometrida sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, 1969-yilda tugʻilgan haydovchi S.R. oʻzining “Nexia-3” rusumli transport vositasini “Bogʻishamol — Jalaquduq” yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan piyodalar N.Y va N.I.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida, 1 nafar voyaga yetmagan piyoda N.I. “Chap oyogʻining yopiq sinishi” jarohati bilan RShTTYoIM Andijon filialiga yotkizilgan. Viloyat YHXBning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, N.Y voqea joyidan ketib qolgan. Aniqlanishicha, u hech qanday tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB Tergov boʻlimi xodimi tomonidan dastlabki tergovga harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?