Andijonda FVB inspektori pora bilan qoʻlga tushdi
Foto: DXX
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida pora evaziga oʻzgalarni ishga kiritishni vaʼda qilgan Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirgan va mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1,8 ming dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor soʻralgan pul mablagʻini tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring