Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.
— Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, musiqa, rassomlik, teatr va sanʼatning boshqa turlari bilan bir qatorda adabiyot yoʻnalishidagi isteʼdodini yuzaga chiqarishga ham alohida eʼtibor qaratishimiz va bu borada samarali natijalarga erishmogʻimiz kerak, — dedi viloyat hokimi uchrashuvda.
Tadbir davomida Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi. Oylik doirasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar belgilab olindi. Tadbir yakunida sozgar usta Abdumalik Madraimov tomonidan kashf etilgan yangi musiqa asbobi namoyish etildi va unda Bobur gʻazallariga bastalangan kuylar ijro etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring