Andijonda erkak qaynogʻasining mashinasiga oʻt qoʻydi

15:10 03 Avgust 2025 Jamiyat
247 0

Videodan kadr

Andijon viloyati Andijon tumanida sobiq kuyov qaynogʻasining mashinasini yoqib yubordi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 3-avgust kuni soat 01:28 larda Andijon tumani Zangibobo mahallasida yashovchi Oʻ.U. “102” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, oʻziga tegishli boʻlgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinani, sobiq pochchasi A.X. oilaviy kelishmovchilik sabab yoqib yuborganini maʼlum qilgan.

Shundan soʻng “112” tizimi orqali Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan mazkur manzilga yetib borgan va sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf qilgan.

Aniqlanishicha, yongʻin oqibatida avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Hodisa tufayli tan jarohati olganlar yoʻq.

Shuningdek, voqea joyiga IIB tergov-tezkor guruhi aʼzolari ham zudlik bilan yetib borib, surishtiruv harakatlari olib borgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?