Andijonda elektro skuter zavodi qurilishi boshlandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatidagi 218 gektardan iborat yer maydonida tashkil etilgan “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasida yangi loyihalarga kirishilmoqda. Bir yilda 2 million dona elektro skuter ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan zavod qurilishi ham boshlandi.
— Xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu korxona ishga tushirilgach, 300 ta yangi ish oʻrni yaratiladi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Muslimbek Ibrohimbekov. — Ishlab chiqarish korxonasi qurilishi 2025-yil yakuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
10 mln. dollarlik loyiha asosida barpo etilayotgan ushbu korxona foydalanishga topshirilgach, bir yilda 5 mln. dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring