Andijonda 430 million soʻmlik “svet”ni oʻgʻirlagan tadbirkorlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

11:55 18 Noyabr 2025 Jamiyat
229 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “C.N.” hamda “M.D.” MCHJ rahbarlari “Sanoat” MFY hududidagi ishlab chiqarish korxonalarida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgani fosh qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 430,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?