Andijonda 4 yoshli bola bedarak yoʻqoldi

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida 4 yoshli bola bedarak yoʻqoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oltinkoʻl tumani Gulbogʻ mahallasi Uzun koʻchasida yashagan, 2020-yilda tugʻilgan Muhammadsodiq Baratov shu yilning 17-aprel kuni soat 10:30 larda uyidan koʻchaga oʻynash maqsadida chiqib ketgan va bedarak yoʻqolgan.
Alohida belgilari: boʻyi 90-100 sm atrofida, dumaloq yuzli bugʻdoyrang, qoshlari qora, sochlari jigarrang. Oʻsha kuni uning egnida oq futbolka, qora shim boʻlgan. Buvisi xalqqa murojaat qilib, nabirasini topishda yordam soʻradi.
U toʻgʻrisida biror maʼlumotga ega boʻlganlardan zudlik bilan 102 raqamiga yoki Oltinkoʻl tumani IIBning 74-354-62-24, 74-354-60-02, 99-434-97-84, 99-605-15-93 telefon raqamlariga xabar berish soʻraldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring