Andijonda 13 yoshli yigitni tok urishiga Tik-tok sabab boʻlmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumanida yashovchi 13 yoshli yigit Tik-tok uchun video olayotgan paytida tok urib yuborgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Aksariyat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar voqeani shu qadar boʻrttirib ifoda etdilarki, natijada holat haqida toʻliq maʼlumot olish uchun mutaxassisga yuzlandik.
- Voqea shu yilning 24-iyun kuni sodir boʻlgan,-deydi Andijon viloyati IIB katta inspektori Ilhomjon Akbarov. – Kechki soat 19:30 larda ichki ishlar idoralariga voqea haqida xabar kelib tushgan. Oʻrganish davomida aniqlanishicha, haqiqatdan ham 13 yoshli yigit Poytugʻ temir yoʻl stansiyasida turgan vagon ustiga chiqqan. Natijada uni tok urib, yerga qulagan. Aytish joiz, vagon ustidan oʻtgan elektr simi 27,5 ming kilovat kuchlanishga ega boʻlib, unga yarim yoki bir metr masofada yaqinlashish inson hayoti uchun katta xavf tugʻdiradi.
Mutasaddilarning maʼlum qilishlaricha, yigitning yonidan va voqea joyidan hech qanday telefon yoki boshqa tasvirga olish moslamasi topilmadi. Demak, unda Tik-tok uchun video olish istagi mavjud boʻlmagan. Shunchaki qiziqish uning hayotini xavf ostiga olib keldi.
Olib borilayotgan surishtiruv ishlari voqeaga yana-da oydinlik kiritishi, shubhasiz.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring