Andijon viloyatida “Nafosat” festivali oʻtkazilmoqda

13:11 08 Fevral 2021 Madaniyat
1016 0

Shu kunlarda Andijon viloyatida “Nafosat” festivali oʻtkazilmoqda.

Festival doirasida Andijon davlat universitetida aholi va yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, «Oʻztoʻqimachilik» uyushmasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Yosh dizaynerlar kengashi” vakillari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Ishchi guruh aʼzolari qoʻl mehnati koʻrgazmasi bilan tanishdi. Qolaversa, tadbirda qizlarga kiyinish madaniyati toʻgʻrisidagi savollarni oʻzida jamlagan anonim soʻrovnoma oʻtkazildi.

Bundan tashqari, festival doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mutaxassislari tomonidan yosh dizaynerlar uchun mahorat darslari oʻtkazildi.

Shu bilan birga, festival doirasida Izboskan tuman hokimligida “Yoshlar modasi, anʼanalar va zamonaviy yoʻnalishlar” mavzusida soʻrovnoma hamda “Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер