Andijon hokimi Moskvada 2 ta 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi
Andijon viloyatida qiymati 100 mln dollar boʻlgan jami 100 megavatt quvvatga ega quyosh panelli elektr stansiyasini quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ayni kunlarda Rossiyada boʻlib turgan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Zarubejneft” AJning Moskva shahridagi bosh ofisida kompaniya bosh direktori Sergey Kudryashov bilan uchrashgan.
Uchrashuvda Andijon viloyatida qiymati 100 mln dollar boʻlgan (1-bosqichda 18 megavatt, 18 mln dollar) 2024-2026-yillarda jami 100 megavatt quvvatga ega quyosh panelli elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolangan.
Abdurahmonov shuningdek, shu yerning oʻzida “Rosatom” davlat korporatsiyasining “Spetsialnaya energiya” shoʻba korxonasi va “Zarubejneft” AJ bilan qiymati 100 million dollarlik maishiy chiqindilarni qayta ishlash va elektr energiya ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha korxona rahbariyati bilan muzokaralarni yakunlab, uch tomonlama shartnoma imzolagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring