Andijon hokimi xalqaro federatsiya prezidenti boʻldi

Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich Bahodirlar oʻyinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda viloyat rahbari oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Xonobod shahrida tashkil etilgan “Etno strongman games” (Bahodirlar oʻyini) boʻyicha jahon kubogi va tosh koʻtarishda jahon chempionati doirasida Osiyo Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasining taʼsis konferensiyasi oʻtkazilgan.
Osiyoning qator davlatlaridagi ushbu sport yoʻnalishi vakillari va sportchilar ishtirok etgan taʼsis konferensiyasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Osiyo Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Maʼlumot uchun, bugunga qadar Osiyo mintaqasida sportning ushbu yoʻnalishi boʻyicha federatsiya mavjud emas edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring