Amrulla Solih oʻzini Afgʻoniston Prezidenti deb eʼlon qildi
Foto: mift.uz
Amrulla Solih oʻzini Afgʻoniston Prezidenti vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qildi. Xuddi shu mazmundagi bayonotni u oʻzining «Twitter»idagi sahifasiga joylashtirgan.
“Afgʻoniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident yoʻqligida, qochganida, isteʼfoga chiqqanida yoki vafot etganida, birinchi vitse-prezident uning vazifasini bajaruvchi boʻladi. Men mamlakatdaman va qonunga binoan, men qonuniy davlat rahbari vazifasini bajaruvchiman. Bu vazifani bajarishda mamlakatning barcha rahbarlari bilan maslahatlashaman”, deyiladi uning bayonotida.
15-avgustda “Tolibon” harakati Afgʻonistonning butun hududiga nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyasini oʻz qoʻliga oldi va murojaat bilan chiqib, fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi.
“Tolibon” Kobulga kirib kelishi bilan ming-minglab mahalliy aholi vakillari mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga toʻplandi. Hatto, ayrim fuqarolar uchib ketayotgan samolyot qanotlariga ham chiqib oldi. Natijada maʼlum vaqt davomida aeroportda ish toʻhtab qoldi. Aeroport hududida tartibni saqlash uchun oʻq otar qurollardan ham foydalanilgan.
Germaniya prezidenti ushbu voqealarni Gʻarb uchun sharmandali deya aytib oʻtdi.
Oldinroq, “Tolibon” tinch aholidan qurollarni tortib olishni boshlagani va Afgʻoniston maxsus kuchlari tarqatib yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring