Alohida maqomga sazovor boʻlgan deputatlarga guvohnomalar topshirildi

09:04 22 Fevral 2022 Jamiyat
663 0

2022-yil 21-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joiz, yaqinda Qonunchilik palatasi deputatlari Sharofiddin Nazarovga “Adolatli deputat”, Doniyor Gʻaniyevga “Xalqparvar deputat”, Aqshagul Tulegenovaga “Mehnatkash deputat”, Qonunchilik palatasining avvalgi chaqiriqlarda samarali ishlagan sobiq deputati Ravil Sabirjonovga esa “Faxriy deputat” maqomi berilgan edi.

Yigʻilishda dastlab ushbu maqomga sazovor boʻlgan deputatlarga guvohnomalar topshirildi.

Shuningdek, Kengash aʼzolari tomonidan quyi palataning 22-fevral kuni oʻtkaziladigan majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan bir qator masalalar koʻrib chiqildi. 

Kengash aʼzolarining yakdil xulosasiga koʻra, ertaga oʻtkaziladigan yalpi majlis kun tartibiga bugun fraksiyalarda muhokamadan oʻtgan 4 ta qonun loyihasi va boshqa masalalar kiritildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер