Aksiya doirasida 150 nafar bemorning koʻrish qobiliyati tiklandi
Qoʻqon shahrida xitoylik mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilgan xayriya aksiyasi doirasida jarrohlik amaliyotlari bajarilib, 150 nafar hamyurtimiz koʻz xastaligidan shifo topdi.
Shu tariqa uch kun davom etgan muolajalarda murojaatchilar yuqori darajadagi tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish hamda salomatligini tiklash imkoniga ega boʻldi.
Fargʻona viloyati 2-sonli oftalmologiya shifoxonasi bosh shifokori Mohiraxon Nazirovaning qayd etishicha, bu mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari har jihatdan mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir.

— Dunyoning bor goʻzalligini koʻrish va his qilish eng katta baxt,—deydi jarrohlik amaliyoti tufayli koʻrish qobiliyati tiklangan Karimjon Boltaboyev va Saboxon Akbarova. — Keyingi yillarda ushbu kasallikdan aziyat chekib, bunday baxtdan bebahra edik. Bugun ana shu darddan xalos boʻlganimiz cheksiz quvonch baxsh etdi.
Aytish joiz, aksiya mobaynida Qoʻqon shahrida Xitoydan kelgan mutaxassislar tomonidan fargʻonalik shifokorlar uchun seminar-treninglar ham oʻtkazildi. Yuzma-yuz muloqotlarda Xitoy va jahonning boshqa rivojlangan mamlakatlari tajribasi asosida koʻz kasalliklarini davolash, jarrohlik amaliyotlari texnologiyalari boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtdi. Shuningdek, klinik sharoitda davolash, kasalliklar profilaktikasi sohasida mahalliy shifokorlarning amaliy koʻnikmasi oshirildi.
Oʻz navbatida, koʻz linzalari va ularni qoʻllash boʻyicha ham amaliyotga tatbiq etilayotgan yangi tajribalar xususida toʻliq maʼlumot berildi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring