Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi
“Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni “blok-modul” tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.
Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:
- bosqichda – 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
- bosqichda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
- bosqichda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy boʻlishi nazarda tutiladi.
2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini koʻrsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.
2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining amaliyot bazalarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun foyda soligʻi ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring