Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda
Senat Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining majlisida nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalari huquqlarining kafolatlarini kuchaytirishga hamda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelayotganligi qayd etildi. Bundan tashqari, intellektual mulk obyektlarining hamda tovar belgisiga boʻlgan huquqlarning muhofazasini kuchaytirish, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobat muhitini taʼminlash ishlarini ham takomiliga yetkazish lozimligiga urgʻu berildi.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalari huquqlarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi hamda “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida ayrim toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslarga hamda ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarga shahar yoʻlovchi transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan kunduzgi parvarish xizmati uchun toʻlanadigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritilmoqda. Bundan tashqari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ishga joylashtirish kafolatlari kuchaytirilmoqda.
Muhokama qilingan masalalar boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring