AI-80 markali avtomobil benzinining narxi koʻtarildi
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ga 40 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 15 749,1 tonnasi, yaʼni 38,9% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 27 xaridor ishtirok etdi. Hafta davomida avtomobil benzin deyarli oʻzining boshlangʻich qiymatida sotildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha boshlangʻich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 323,6 ming soʻmdan 6 403,7 ming soʻmgacha yoki 1,3% ga koʻtarishdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha kunlik narxi ham 6 324,9 ming soʻmdan 6 404,1 ming soʻmgacha, yaʼni 1,3% ga, yaʼni sotuvchilarning boshlangʻich narxlari hisobiga oʻsdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 6 176,1 ming soʻmni, AI-91 – 7 440,3 ming soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring