Aholini kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor ulushi koʻpaytiriladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari aholini kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor ulushini koʻpaytirish lozimligini taʼkidladi.
Hozirda qonuniy asoslar boʻlsada, bironta xususiy kollej yoki texnikum mavjud emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Xorijiy kompaniyalar ham yoshlarimizni kasbga oʻqitib, bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab tashabbuslarni bildirmoqda.
Bu boradagi ishlarni faollashtirish maqsadida xususiy kollej va texnikumlar tashkil etish uchun qator imtiyozlar beriladi:
— litsenziya olish uchun talablar qayta koʻrib chiqilib, zarur mablagʻning minimal miqdori 2 baravarga kamaytiriladi;
— boʻsh binolar uzoq muddatga ijaraga beriladi;
— xorijdan keltiriladigan adabiyotlar va uskunalar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;
— xalqaro malaka sertifikatini olgan har bir bitiruvchi uchun 1 million soʻmdan toʻlab beriladi;
— ehtiyojmand yoshlar toʻlov-kontrakti mablagʻining 30 foizi qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring