Aholiga xizmat koʻrsatish sifati yanada yaxshilandi

15:39 10 Sentyabr 2025 Jamiyat
62 0

Andijon viloyatida mahalla tizimini yanada mustahkamlash, aholiga yaqindan xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida zamonaviy binolar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Shu kunlarda 19 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari yangi binolarga koʻchib oʻtdi.

— Mazkur binolarda xodimlarning samarali faoliyat olib borishi, aholi murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor yordam koʻrsatishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, —deydi Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Muhammadjon Nishonov. — Keng va qulay, barcha texnik vositalar bilan jihozlangan xonalar xodimlarning xizmat samaradorligini oshirib, aholi bilan ishlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

Yil davomida Andijon viloyatida jami 45 ta mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi binolar qurish rejalashtirilgan. Shu kunga qadar esa 28 ta bino foydalanishga topshirildi. Bu mahalla tizimi yanada samarali faoliyat yuritishi uchun muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?