Aholi zarur mahsulotlarni xarid qilishda tanlov yo‘qligidan norozi
Ajratilayotgan subsidiyalar egalariga yetib bormayotgani bo‘yicha ham aholida e’tirozlar ko‘pligi ta’kidlandi.
Mahalla raislari va hokim yordamchilari bandlik, yoshlar va ayollar jamg‘armalari orqali berilayotgan subsidiyalar, oilaviy kreditlar hisobidan mehnat qurollari va tadbirkorlik uchun zarur mahsulotlarni xarid qilish tizimidan norozi.
Mablag‘lar aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmasdan, Mahallabay va Yoshlar agentliklari hamda Markaziy bankning “market pleyslari” orqali “tenderlarda g‘olib bo‘lgan ta’minotchilar”ga o‘tkazib beriladi.
Ya’ni, aholida tanlov yo‘q, agentlik yoki bankning elektron platformalaridagi sotuvchilar nimani qancha narxda taklif qilsa, aholi shuni olishga majbur.
Aholida tanlash imkoniyati yetmaganiday, taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlar bozordan 20-25 foiz qimmat.
Bosh prokuratura, Hisob palatasiga imtiyozli mablag‘lar hisobidan aholiga mahsulot va xizmatlar taqdim qilayotgan “market pleyslar” faoliyati shaffofligini tekshirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring