Agrar sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning muhim jihatlari yuzasidan oʻquv seminari oʻtkazildi
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari aʼzolari uchun oʻquv seminari tashkil qilindi. Seminarda agrar sohada ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borishning muhim jihatlari haqida fikr yuritildi.
Xususan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hamda fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi klasterlari va kooperativlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda tadbirkorlik subyektlariga ilmiy asoslangan axborot taqdim etish, zamonaviy xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish, ularning uzviy integratsiyasini taʼminlash dolzarb ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Soʻzga chiqqanlar ilm-fan yutuqlarisiz hech bir sohani rivojlantirish, yangi yutuqlarga erishish hamda dehqonchilikda yuqori hosil va daromad olish mumkin emasligini qayd etdi, shuningdek, qishloq xoʻjaligining ayrim yoʻnalishlarida tadqiqotlar natijalari, ishlanmalar, yangi texnologiyalarga ehtiyoj sezilayotganligiga urgʻu berdi.
Jumladan, hududlardagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari, fermerlar, dehqon xoʻjaliklarining ehtiyoj va muammolarini oʻrganish lozim. Global iqlim oʻzgarishi sharoitida har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos hosildorligi va sifati yuqori yangi navlarni yaratish, samarali oʻgʻitlar ishlab chiqarish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproq shoʻrlanishi va degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha ishlanmalar joriy etish zarurligi qayd etildi.
Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari aʼzolari oʻz fikr va takliflarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring