“Afrosiyob” poyezdlarida elektron chiptalarni zamonaviy uskunalar bilan tekshirish boshlandi

Yoʻlovchilarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshlandi. Xususan, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan poyezdlarga chiqish vaqtida chiptalarni tekshirish jarayonidagi vaqtni tejash uchun elektron chiptalardagi QR-kod maxsus uskuna bilan tekshirilishi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqja AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Kuni-kecha ushbu zamonaviy uskunalar “Afrosiyob” poyezdlarida sinab koʻrildi. Ushbu taqdim etilayotgan xizmat turi yoʻlovchilarga chiptaxonalarga bormasdan toʻgʻridan toʻgʻri poyezdga chiqish imkoniyatini yaratadi. Endilikda, elektron chiptalarni A4 formatida chop etishga ham hojat yoʻq boʻlib, mobil qurilma va smartfonlar orqali taqdim etish kifoya boʻladi. Ularni haqiqiyligini vokzallardagi nazorat-oʻtkazish punkti xodimlari (KPP), hamda vagon kuzatuvchilari yangi uskunalarda tekshirishadi.
Ayni paytda test rejimida “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalida nazorat- oʻtkazish punktlarida ikkita hamda “Afrosiyob” poyezdlarining birida elektron chiptalarni tekshirish boʻyicha 10 ta uskuna qoʻllanilmoqda. Kelgusida bunday texnologiyalar mamlakatimizning barcha vokzallarida joriy etiladi.
Eslatib oʻtamiz, sinov rejimi joriy yil mart oyining oxiriga qadar davom etadi va ommaviy foydalanishga topshirilishi haqida “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ kelgusida qoʻshimcha maʼlumotlar berib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring