Afgʻonistondagi zilzila Oʻzbekistonning 9 ta hududida sezildi
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, zilzila bugun, 3-noyabr kuni soat 01:29 da sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 36,45 gradus shimoliy kenglik va 67,42 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 30 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 6,8 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 557 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 5 ball, 90 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 302 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km;
- Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km;
- Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km;
- Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km;
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km;
- Toshkent shahrida 2-3 ball, 557 km;
- Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 579 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring