Adliya aralashuvi bilan fermer xoʻjaligi yerlari qaytarildi

Иллюстратив фото
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Omad chorvador” fermer xoʻjaligi rahbari B.B.ning fermer xoʻjaligi yerlari zaxira yer fondiga qaytarilganligidan nozori boʻlib qilingan murojaati koʻrib chiqildi.
Aniqlanishicha, Xonqa tumani hokimining 2015-yil 26-avgustdagi tegishli qarori bilan “Omad chorvador” fermer xoʻjaligiga umumiy yer maydoni150,2 gektar yer maydonlari ajratib berilgan.
Ushbu hokim qaroriga asosan f/x va tuman hokimligi oʻrtasida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida 2021-yil 8-noyabrda shartnoma tuzilib, yer maydonlari ijaraga berilgan.
“Omad chorvador” f/x 2019-2022-yillarda ijaraga olingan yer maydonlariga belgilangan ekinlarni(ekib) joylashtirib, faoliyat yuritib kelgan hamda ijaraga olingan yer maydonlarining soliqlari belgilangan tartibda toʻlab kelingan.
Biroq, 2022-yil 22-dekabr kuniga kelib “Omad chorvador” f/x rahbari tuman hokimining 2019-yil 14-fevraldagi tegishli qarori bilan fermer xoʻjaligi yerlari zaxira yer fondiga qaytarilganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, tuman hokimining 2019-yil 14-fevralda tegishli qarori qabul qilinib, unda “Omad chorvador” f/x va tuman hokimligi oʻrtasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish, 150,2 gektar yer maydonlarini zaxira yer fondiga qaytarish va fermer xoʻjaligini tugatish belgilangan.
Tuman hokimining ushbu qarorini qabul qilishga asos boʻluvchi hujjatlar oʻrganilganida faqat Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha Xonqa tumani ishchi guruhining xulosasi mavjudligi, boshqa hujjatlar, shu jumladan fermer xoʻjaligi rahbarining ijara shartnomasini bekor qilib, yer maydonlarini zaxira yer fondiga qaytarish toʻgʻrisidagi arizasi mavjud emasligi maʼlum boʻldi.
Vaholanki, Yer kodeksining 24-moddasiga koʻra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisi”dagi nizomning 12-bandiga muvofiq fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan, sudga kiritilgan ariza qanoatlantirilib, tuman hokimining 2019-yil 14-fevraldagi tegishli qarori haqiqiy emas deb topildi va fuqaroning murojaati ijobiy yechimini topdi.
Bu esa joylarda huquqiy targʻibot ishlarining jonlanayotgani, shuning natijasida fuqarolarimiz qonunchilikdan oz boʻlsa ham xabardor boʻlib borishayotganidan dalolatdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring