Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordenining “Ofitser” darajasi bilan taqdirlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining “Gazzetta Ufficiale” hukumat gazetasi rasmiy saytida eʼlon qilingan roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.
Aytish joiz, “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi katta xizmatlari uchun taqdirlash uchun moʻljallangan.
Mukofotlash Italiya Prezidenti tomonidan Vazirlar Kengashi Raisining roziligi bilan, odatda yiliga ikki marta: 2-iyun (respublika tashkil topgan kun) va 27-dekabr (Konstitutsiya kuni) da amalga oshiriladi. Abdulaziz Komilov 2024-yil 27-dekabrdagi qarorga koʻra mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring