Abbosbek Fayzullayev Urugvayga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev Urugvayga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Kecha, 9-oktyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan va oʻyinning birinchi boʻlimida Abbosbek Fayzullayev jarohat olib maydonni tark etgan edi.
“Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan soʻng shifokorlar tavsiyasiga koʻra, Fayzullayev Urugvayga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi”, — deyiladi OʻFA xabarda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Urugvay oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini 14-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring