Abadiyat gulshanining soʻlmas gultoji

13:30 09 Fevral 2024 Jamiyat
418 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida soʻz chamanining muazzam chinori, adabiyot boʻstoni yashnatgan daho shoir, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida ziyolilar, navoiyshunoslar, xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, adabiyotshunos olimlar, shoir-yozuvchilar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari hazrat Navoiy haykali qoshida jam boʻlishdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid olib bordi. Soʻzga chiqqanlar Alisher Navoiyning bosib oʻtgan shonli hayot va ijod yoʻli, sermazmun asarlari, dostonu gʻazallarida yashayotgan insoniy, umumbashariy gʻoyalar haqida toʻxtalishdi.

Shuningdek, tadbir davomida Alisher Navoiy gʻazallari oʻqildi, gʻazallar asosida yaratilgan ashulalar kuylandi. Tadbir yakunida Yozuvchilar uyushmasi, oliy taʼlim muassasalari va qator tashkilotlar Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi. Tadbirlar mamlakatimizning barcha joylarida davom etmoqda.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?