9-noyabr kuni ham Toshkent shahridagi ayrim koʻchalarda vaqtinchalik avtoulovlar harakati cheklanadi
Foto: Illustrativ foto
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova maʼlum qildi.
Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari poytaxtda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boʻlib oʻtishi sababli qisqa muddatga ayrim koʻchalaridagi avtotransportlarning harakati vaqti vaqti bilan cheklanib turishi maʼlum qilingan edi.
Ertaga, 9-noyabr kuni sammit yigʻilishining asosiy tadbiri oʻtkazilishi munosabati bilan, I.Karimov, Bunyodkor chorrahasidan I.Karimov koʻchasi boʻylab A.Temur, I.Karimov chorrahasigacha harakat ertalabki 8:00 dan 18:00 qadar cheklanishi rejalashtirilmoqda.
Haydovchilar uchun aylanma yoʻllar orqali harakatlanish tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring