8-avgust kuni Yerda soʻnggi ikki oydagi eng kuchli magnit boʻroni kuzatiladi

15:27 07 Avgust 2025 Dunyo
381 0

Foto: Illustrativ foto

5-avgust kuni sodir boʻlgan kuchli quyosh chaqnashi oqibatida ajralgan plazma massasi Yerga yetib kelish arafasida. Ushbu jarayon 8-avgust, juma kuni soat 09:00 (Toshkent vaqti) atrofida sodir boʻlishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda TASS.

Mutaxassislar maʼlum qilishicha, quyosh chaqnashi M4.4 darajasida boʻlib, u natijasida shakllangan yuqori tezlikdagi plazma yadrosi Yerning magnit maydoniga kuchli zarba beradi. Bu esa avval taxmin qilinganidan ancha kuchli geomagnit taʼsirlarga olib kelishi mumkin.

— Modellar shuni koʻrsatmoqdaki, yuqori tezlikdagi plazma Yer atmosferasiga urilganda magnit maydonidagi oʻzgarishlar sezilarli boʻladi. Bu 13-iyundan beri kuzatilgan eng yuqori darajadagi oʻzgarish boʻladi, — deyiladi xabarda.

Magnit boʻroni boshlanishi 8-avgust kuni ertalab emas, balki tungi payt — 7-avgustdan 8-avgustga oʻtar kechasiyoq boshlanishi mumkin. Bu vaqtda geomagnit indeks (Kp indeksi) 6 darajagacha oshib ketishi kutilmoqda.

Eslatma: Bunday geomagnit faolliklar ayrim insonlarda bosh ogʻrigʻi, uyqusizlik, asabiylik va charchoqni kuchaytirishi mumkin. Shu sababli, ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan fuqarolarga eʼtiborli boʻlish tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер