6 oyda sud eksperti boʻlish mumkin

20:50 22 Noyabr 2021 Jamiyat
872 0

Hukumat qarori (706-son, 22.11.2021-y.) bilan Sud ekspertiza sohasida dual taʼlim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, dual taʼlim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud-ekspertizasining muayyan turida faoliyat yuritish istagida boʻlgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida 6 oy davom etadi.

Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2-marta oktyabr va fevral oylarida boʻladi.

Sud-ekspertiza tashkilotlari kurs tashkil etilishi toʻgʻrisida 3 oy oldin eʼlon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.

Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat boʻladi.

Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat boʻyicha baholanadi.

Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер