6-7-mart kunlari Ukrainadan 674 nafar vatandoshimiz Oʻzbekistonga olib kelindi
2022-yilning 6-7-mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 674 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan, 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetgaman shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi.
28-fevraldan 7-martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush boʻlayotgan joylardan 4 359 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
7-mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatimizning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi toʻplanish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
Oʻzbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda boʻlib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring