26-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

20:09 25 Noyabr 2025 Jamiyat
269 0

“Oʻzgidromet” 26-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

ToshkentSamarqandSirdaryoJizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер