26-dekabrdan 1000 soʻmlik tanga pullar muomalaga chiqariladi

10:29 22 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
1778 0

Foto: Illustrativ foto

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, nominal qiymati 1000 soʻm boʻlgan tanga koʻrinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat boʻlib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.

Tanga diametri – 26,27 mm., ichki disk diametri – 17,6 mm., qalinligi – 1,6 mm., ogʻirligi – 7,3 gr.

Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan. Uning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “soʼm” soʻzi yozilgan.

Orqa tomoni (revers) markazida Oʻzbekiston Davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi boʻylab bosma lotin harflarida aylanasimon koʻrinishda “OʼZBEKISTON MARKAZIY BANKI” soʻzlari yozilgan.

Gerbning ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil – “2022” raqami koʻrsatilgan. Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?