21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni. Millatning barhayot ruhi
Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Hayriddin Sultonov yurtboshimizning bayram munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib berdi.
Shundan so‘ng davlat madhiyasi yangradi. Qayd etish joizki, ona tili inson qalbiga eng avvalo ona allasi bilan kiradi, shu orqali inson tiliga mehr-muhabbat qo‘yadi, o‘sib-ulg‘ayib, kamol topadi. Kecha boshida kuylangan alla davraga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Anjuman davomida ona tilimizni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar jarang sochdi, she’rlar aytildi.
— Tilimiz taqdiri o‘z qo‘limizdaligini teran anglay olsak unga munosabatimiz o‘zgaradi. — dedi tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov. — Tilning yo‘qolishi millat tanazzulidir. O‘zbek tilini asrash nafaqat tilshunoslar, so‘z bilan ishlovchi kishilar, balki har birimizning vazifamiz. O‘zbek tili bayrami katta tantana, xalq bayrami, millat shodiyonasi. Barchaga ushbu kun muborak bo‘lsin!
Tadbir davomida “Biz bir xalqning farzandlarimiz” shiori ostida boshqa millat vakillari so‘zga chiqib, O‘zbekistonda yashayotganidan, o‘zbek tilida so‘zlashayotganidan o‘zgacha g‘urur tuyishini ta’kidlashdi.












Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring