2026-yilda poytaxtga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga koʻchadi
Dekabrning boshida Toshkent shahrida transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandlikni kamaytirish boʻyicha alohida qaror imzolangan edi.
Endi yirik megapolislar kabi poytaxtimizda ham transport tizimini yagona yondashuv asosida boshqaradigan markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu markaz har bir koʻcha, har bir chorrahada transport va piyodalar oqimini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilib, tirbandlik va yoʻl-transport hodisasining oldini olish bilan shugʻullanadi.
Kelasi yili poytaxtga kirishdagi 2 ta nazorat posti shahar tashqarisiga koʻchadi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi. Bu yerlarda kamida 3,5 mingta yuk va 5,5 mingta yengil avtomobil uchun turargohlar hamda aholi uchun kempinglar barpo etiladi.
Asosiysi, bu nuqtalarga jamoat transporti tarmogʻi bogʻlanadi. Poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shu yerda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin boʻladi.
Shahar hokimligiga kelgusi yilda yagona boshqaruv tizimiga ega svetoforlar bilan jihozlangan 100 ta “aqlli” chorrahani yoʻlga qoʻyish, tadbirkorlar bilan 30 mingta avtomobil toʻxtash joyi qurib, 300 ta bekatni rekonstruksiya qilish, 40 kilometr piyoda va 20 kilometr veloyoʻlaklar qurish, 100 kilometr yoʻlni taʼmirlab, Yunusobod va Yashnobodda yoʻl oʻtkazgich va tunnel barpo etish topshirildi.
Kelgusi yilda 200 ta elektrobus olib kelish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring