2024-yilda O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 145 trillion so‘mdan oshdi
Illyustrativ foto
2024-yilning yanvar — dekabr oylari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha transport xizmatlari hajmi 145 124,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga o‘sdi.
Transport xizmatlari hajmining o‘sish dinamikasi (mlrd so‘m):
— 2020-yil – 53 662,9
— 2021-yil – 67 238,6
— 2022-yil – 83 985,6
— 2023-yil – 114 553,3
— 2024-yil – 145 124,4.
Transport sektorining barqaror o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq:
— Logistika va transport infratuzilmasining yaxshilanishi;
— Tashish sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarning joriy etilishi;
— Sohaga investitsiyalarning faol jalb qilish.
Transport vazirligi transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini oshirish, biznes va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring