2023-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan iqtisodchi Nobel mukofoti sovrindorlaridan biri boʻldi. Iqtisodiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sohiblari aniqlangan

15:24 14 Oktyabr 2024 Ilm-fan
375 0

Iqtisodiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti ijtimoiy institutlarining shakllanishi va ularning turli mamlakatlar farovonligiga oʻtkazgan taʼsiri boʻyicha olib borgan tadqiqotlari uchun 3 nafar olimga berildi. Bu haqda CNN yozmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Daron Ajemoglu, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonlarning ishi kuchli institutlarga ega jamiyatlar qanday rivojlanayotganiga, zaif yoki ekspluatatsion tizimlarga ega boʻlganlar esa turgʻun boʻlib qolishiga qaratilgandi. Ular 11 million shved kroni (taxminan 1,1 million AQSH dollar) miqdoridagi pul mukofotini oʻz ichiga olgan sovrinni boʻlishishadi.

Gap shundaki, 2023-yil 17-mart kuni Toshkent shahrida britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos olim, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobining hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv boʻlib oʻtgandi.

Nobel qoʻmitasi tarixiy voqealar, masalan, mustamlakachilik dunyoning turli burchaklarida institutlarni qanday shakllantirgani haqidagi ushbu olimlarning xulosalarini eʼtirof etgan.

Qayd etish kerakki, baʼzi hollarda mustamlakachilik oʻsishni ragʻbatlantiradigan inklyuziv tizimlarni oʻrnatdi, boshqalarida esa ekspluatatsion institutlar uzoq muddatli rivojlanishga toʻsqinlik qildi. Iqtisodchilar mamlakat institutlarining sifati uning iqtisodiy muvaffaqiyatining asosiy omili ekanligini koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?